Rade Petrovich: "Nasaf"ni uyda ham, safarda ham mag‘lub qilgan Superligadagi yagona jamoa bo‘ldik"

  • 9 noyabr, 2024, 21:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“So‘g‘diyona” klubi Qarshida amaldagi chempion “Nasaf”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishning uddasidan chiqdi. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida jizzaxliklar murabbiyi Rade Petrovich quyidagicha fikr bildirdi.

“Dastlab “Nasaf” jamoasini chempionlik bilan tabriklayman. Ular bu mavsumda juda yaxshi o‘yin namoyish etishdi va chempionlikka xaqli qo‘lga kiritdi. Keyingi mavsumda Osiyo Chempionlar ligasida ham omad tilayman.

O‘yinga kelsam, jamoamizni bu bahsga tayyorlash juda qiyin bo‘ldi. Sababi, o‘z maydonimizdagi “Surxon”ga mag‘lub bo‘lgan o‘yindan so‘ng bugun yigitlar xarakter ko‘rsatishdi. Golgacha ham uchta yaxshi vaziyatimiz bo‘lgandi. Oxirida nihoyat gol urdik. Yaxshi jamoa ustidan g‘alaba qozondik. Yana bir fakt: “Nasaf”ni uyda ham, safarda ham mag‘lub qilgan Superligadagi yagona jamoa bo‘ldik”, - deydi Petrovich. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Зарипов шоимкул
10/11/2024 18:44
Насаф чемпионликни хал килган булмаганда камида 4та гол кабул килардинг.