Rafael Benites: Pochettinoning o‘rnida bo‘lganimda Keynni zaxirada qoldirgan bo‘lardim
“Nyukasl” klubi bosh murabbiyi Rafael Benites ertaga bo‘lib o‘tadigan EChL finalida “Tottenxem” forvardi Xarri Keynni maydonga tushishi u qadar muhim emasligi haqida gapirdi.
“Agar men shunday holatga tushib qolsam, u Keynni zaxirada qoldirardim. U jamoaning muhim futbolchisi hisoblanadi, biroq ular finalgacha usiz etib kelishdi. Ayni damda boshqa futbolchilarning o‘yini yaxshi chiqyapti va shu bois ularga ishonch bildirish kerak deb hisoblayman”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Tottenxem” va “Liverpul” o‘rtasidagi final uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar