
Rafael Nadal: “Olimpiadada mamlakating uchun ham kurashasan”
Tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turnirlarining 19 karra g‘olibi ispaniyalik Rafael Nadal Olimpiya o‘yinlarining boshqa musobaqalardan farqi haqida o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.
“Men doim Olimpiya o‘yinlarida qatnashib, katta zavq olganman. Bu musobaqa boshqalaridan katta farq qiladi. Unda boshqa turnirlarda yo‘q mas’uliyatni his qilasiz. Boisi, Olimpiadada nafaqat o‘z nomingiz, balki vataningiz sha’nini himoya qilasiz”, – deydi ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni.
Eslatib o‘tamiz, Rafael Nadal 2008 yil Pekin Olimpiadasida yakkalik va 4 yil muqaddam Rio-de-Janeyroda juftlik yo‘nalishlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar