Rafinya FIFA ramziy jamoasiga kiritilmagani munosabat bildirdi
"Barselona" qanot hujumchisi Rafinya 2025 yil yakunlari bo‘yicha FIFA ramziy terma jamoasiga kira olmaganiga munosabat bildirdi.
"Menga baribir", - deya qisqa javob qaytardi braziliyalik hujumchi "El Desmarque" nashriga.
Rafinya o‘tgan mavsumda "Barselona" safida barcha musobaqalarda 57 ta o‘yinda 34 ta gol va 26 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Rafinya Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari (13 gol) va musobaqaning eng yaxshi assistenti (sakkizta golli uzatma) bo‘ldi. Futbolchi "Barselona" bilan Ispaniya chempionati, mamlakat kubogi va Superkubogida g‘olib chiqdi.
Rafinya joriy mavsum barcha musobaqalarda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar