Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Rafinya "Jirona"ga qarshi o‘ynashi mumkin

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Reşford haqida ham ma'lumot berildi

"Barselona" vingeri Rafinya yaqin dushanba kuni maydonga tushishi mumkin.

"As" xabariga ko‘ra, futbolchi jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazgan, biroq cheklangan formatda ishlagan. Uning 16 fevral kuni "Jirona"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etishi ertangi mashg‘ulot qanday o‘tishiga bog‘liq bo‘ladi.

Shu bilan birga, derbida Markus Reşfordning qatnashishi deyarli istisno qilinmoqda. Angliyalik futbolchining tizzasi bilan bog‘liq muammolari bor va agar vaziyat keskin o‘zgarmasa, u dushanba kuni maydonga tusha olmaydi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q