Rafinyaning "Malyorka"ga qarshi oʻyinda ishtirok etishi soʻroq ostida

  • 06.02.2026 10:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" vingeri Rafinya Dias soʻnggi jarohatidan hali toʻliq tiklanmagan.

Braziliyalik futbolchi yaqinda Ispaniya Kubogida "Albasete"ga qarshi bahsni oʻtkazib yubordi. Undan oldin La Ligada "Elche"ga qarshi uchrashuvda esa mushakdagi noqulaylik sabab tanaffus paytida almashtirilgan edi.

"Diario Sport" nashrining maʼlumotiga koʻra, Rafinya payshanba kuni "koʻk-anorranglilar" mashgʻulotida ishtirok etmagan. 29 yoshli vingerning "Malyorka"ga qarshi boʻlib oʻtadigan navbatdagi oʻyinda maydonga tushishi hozircha soʻroq ostida qolmoqda.

"Barselona" 23-tur doirasida shanba kuni oʻz maydonida "Malyorka"ni qabul qiladi. Uchrashuv soat 20:15'da boshlanishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, joriy mavsumda Rafinya 22 oʻyinda 13 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi boʻlgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!