Rafinyaning rafiqasi "portladi"

  • 17.12.2025 03:44
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Braziliya terma jamoasi va "Barselona" a’zosi Rafinyaning rafiqasi Nataliya Belloli ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida FIFA talqiniga ko‘ra, 2025 yilning ramziy terma jamoasiga turmush o‘rtog‘i kiritilmagani yuzasidan munosabat bildirdi.

"Rafinya basketbol o‘ynayotgani haqida o‘ylaysizlarmi? U yilning jamoasida bo‘lishga loyiq emasmi? Endi bunga hatto yashirishmaydi ham!" — deb yozdi Belloli.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda braziliyalik futbolchi "ko‘k-anorranglilar" safida barcha musobaqalarda 57 ta uchrashuvda maydonga tushib, 34 ta gol va 26 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Shuningdek, hujumch  Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari (13 ta gol) va eng yaxshi assistenti (8 ta uzatma) bo‘ldi. Kataloniyaliklar bilan birga u Ispaniya chempionati, Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!