Rahmonaliev: "Bundan ham yaxshiroq bo‘lishi mumkin edi, biroq..."

  • 9 iyun, 2023, 00:16
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Buguni mashg‘ulotlar chog‘ida U-20 termamiz sardori Umarali Rahmonaliev Argentinadagi jahon chempionati, Isroilga qarshi mag‘lubiyat haqida gapirdi.

"Jahon chempionati ajoyib o‘tdi. Bu turnir biz uchun juda katta maktab vazifasini o‘tab berdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Yutishni va mag‘lubiyat holatidan qanday chiqib ketishni o‘rgandik. Yaxshi natija qayd etdik. Bundan ham yaxshiroq bo‘lishi mumkin edi, biroq so‘nggi daqiqalarda kontsentratsiyani yo‘qotganimiz tufayli jazolandik.

Hozirgi yig‘inga keladigan bo‘lsak, mashg‘ulotlarni boshlab oldik. Jamoaning ichki muhiti ajoyib, ahil jamoa tashkil topgan. Bu erda faqat o‘sish mumkin. Bu erga chaqirildik va buni oqlashga harakat qilamiz", - dedi Rahmonaliev. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!