Rakitich va Umtiti "Barselona"dan ketmoqchi emas

  • 22 may, 2019, 12:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi futbolchilari - Samuel Umtiti va Ivan Rakitich yozgi transferlar davrida jamoadan ketmoqchi emas. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra frantsiyalik himoyachi ham, xorvatiyalik yarim himoyachi ham yangi mavsumda jamoada qolib, asosiy tarkib uchun raqobatlashishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “ko‘k-anor ranglilar” rahbariyati yangi transferlarga mablag‘ topish maqsadida Umtiti va Rakitichni sotib yubormoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli Rakitich joriy mavsum “Barselona” safida jami 53ta o‘yinda maydonga tushdi va 5ta gol hamda 10ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 25 yoshli Umtiti esa 14ta o‘yinda 1ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!