
Ramos PSJ safida qachon debyut qiladi?
Joriy transfer oynasida PSJ safiga borib qo‘shilgan Serxio Ramos Frantsiya chempionatining dastlabki turlarida jamoaga yordam bera olmaydi.
Ispaniyalik himoyachi jarohatidan tiklanish jarayonini boshdan o‘tkazmoqda va bu jarayon yaqin bir oy ichida tugamaydi. "Ramos tiklanish jarayonini bosqichma-bosqich o‘tayapti, u terma jamoalar yig‘inidan keyin safga qaytishi mumkin",-deydi PSJ matbuot xizmati.
Bundan kelib chiqadiki, Ramos Parij klubi libosida 12 sentyabrga qadar maydonga tusha olmaydi. Xuddi o‘sha kuni jamoa ichki birinchilikning 4-turi doirasida "Klermon Fut 63"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Ramos parijliklar tarkibiga "Real"dan erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. U o‘tgan mavsum "qirollik klubi" safida 21 o‘yinda qatnashib, 4 ta gol urgan va 1 ta assistga erishgan.
Fikrlar