
Ramosning Ispaniya terma jamoasidagi maqsadi nima?
“Real” Madrid klubi va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Serxio Ramos sobiq jamoadoshi Iker Kasilyasning rekordini takrorlaganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Men yanada ko‘prog‘ini qayd etishim mumkin, bu borada menga hech narsa xalaqit bermayapti. Rekordlar esa ularni yo‘qqa chiqarish uchun mavjud.
Men o‘zimni yaxshi his qilyapman va hamisha terma jamoadan chaqiruv kutaman. Mening maqsadim terma jamoada o‘yinlarim sonini 200 taga etkazish.
Men juda uzoqni o‘ylamayman, chunki futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Har yili futboldan zavqlanaman. Terma jamoam bilan chempion bo‘lmoqchiman”, - deydi 33 yoshli futbolchi.
Ma’lumot uchun, Ramos Ispaniya terma jamoasi safida 2005 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U hozircha “qizil furiya” safida jami 167ta o‘yinda maydonga tushdi va 21ta gol urishga erishdi. Kasilyas hisobida ham aynan 167ta o‘yin bor edi.
Fikrlar