Raneri yanvarda Shomurodov bilan xayrlashadi!

  • 7 dekabr, 2023, 19:41
  • 6
  • Futbol

“Kalyari” joriy mavsumda A Seriyadagi joyini saqlab qolish uchun kurashmoqda. Ligada o‘n to‘rt tur uchrashuvlari ortda qolganiga qaramay, Klaudio Raneri shogirdlari xavfli hududdan uzoqlasha olgani yo‘q.

Yanvarda A Seriyaning bir necha klublari o‘z o‘yinchilari bilan vaqincha xayrlashishiga to‘g‘ri keladi. Chunki Osiyo va Afrika mamlakatlaridan kelgan o‘yinchilarning ayrimlari qit’a chempionatlarida o‘z yurti sharafini himoya qilishi lozim.

Italiya futbolini yoritayotgan nufuzli nashr – La Gazzetta dello Sport jurnalistlari “Kalyari” bosh murabbiyi Klaudio Raneri yanvarda Eldor Shomurodovni terma jamoaga qo‘yib yuborishi haqida ma’lumot tarqatdi.

363356988_830894138397941_1529027445395166799_n

Nashrning yozishicha, 12 yanvardan  10 fevralgacha Qatarda tashkil etiladigan Osiyo kubogida A Seriyadan Shomurodovdan tashqari boshqa futbolchilar ham qatnashadi.

Xususan, “Roma”ga Eldor Shomurodov o‘rniga taklif etilgan Sardor Azmun qit’e miqyosidagi musobaqada Eron terma jamoasi sharafini himoya qiladi. 28 yoshli forvard eronliklarning asosiy hujumchilaridan. Azmun mamlakati bosh jamoasi uchun 75 ta o‘yinda raqiblar darvozasiga 49 ta to‘p kiritgan.

Sardor bu gollardan uchtasini O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozasiga urganini alohida ta’kidlash lozim.

Shuningdek,  A Seriyada “Latsio” sharafini himoya qilayotgan Daichi Kamada Yaponiya terma jamoasi safida qit’a chempionatida to‘p tepishi kutilmoqda.

27 yoshli yarim himoyachi 2019 yildan beri terma jamoada 31 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga ettita gol ham yozdirib qo‘ygan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatardagi musobaqada dastlab “V” guruhidan chiqish uchun kurash olib boradi. Ushbu kvartetda Srechko Katanets shogirdlari Avstraliya, Suriya va Hindiston terma jamoalari bilan o‘zaro raqobatlashadi.

Birinchi tur 13 yanvarga belgilangan. Hamyurtlarimiz ilk uchrashuvda Suriya terma jamoasiga qarshi saf tortadi.

18 yanvarda bo‘ladigan keyin bahsda O‘zbekiston milliy terma jamoasi hind futbolchilari bilan kuch sinashadi.

Guruhdagi eng murakkab raqib – Avstraliya terma jamoasi bo‘ladigan to‘qnashuv 23 yanvarga qo‘yilgan.

“Kalyari” hujumchisi Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasining sardori va etakchisi hisoblanadi. 28 yoshli futbolchi mamlakatimiz bosh jamoasi tarkibida eng ko‘p gol urgan to‘purar sifatida rekord o‘rnatgan.

754392_original

Eldor xalqaro miqyosda 68 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 38 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga sakkizta golli pas uzatgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
06/12/2023 20:53
Сарлавханиям с...б куйибсизлар.
&
Shohobiddin
07/12/2023 14:12
Нимага киска килиб ёзмайсизлар... кайдаги гаплани ёзасиларей чучмалланиб
Pardayev Shavkat
07/12/2023 09:16
"Раньери январда Шомуродов билан хайрлашади!" Бундай сарлавҳа қўйишни ким ўргатади а?
&
Bolelshik
06/12/2023 22:13
Xayrlashadi desa, haydavoradimi, deb o'ylabman. Unday emas ekan-u!
&
Liverpool-Afzal
06/12/2023 21:42
Шунакаси Осиё кубокидан кейин Каляри билан бутунлай хайирлашса кере
&
Muratbay
06/12/2023 21:29
Элдорга омад терма жамода