"Raqibga ham qoyil qolsa arziydi". "Fakel" bosh murabbiyi va futbolchilari "Nasaf"ga qarshi o‘yindan so‘ng yana nimalar dedi?

Xabar berib o‘tganimizdek, kecha “Nasaf” klubi Turkiyaning Antaliya shahrida navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida qatnashdi. Bu safar Rossiya premer-ligasi vakili “Fakel” klubiga qarshi bellashdi. Avvaliga rossiyalik hisobni ochishgandi. Bellashuv oxirlarida esa qarshiliklar ikki marta gol urgan holda g‘alabani o‘z tomonlariga og‘dira oldilar.

Uchrashuvdan so‘ng “Fakel” klubi tomonidan o‘ziga xos fikrlar bildirildi. O‘tgan yilning sentyabr oyidan buyon “Fakel”ga bosh murabbiylik qilib kelayotgan 65 yoshli mutaxassis Sergey Tashuev jumladan shunday dedi:

tashuev

“Bugun bir-biridan farq qiladigan ikkita bo‘limni o‘tkazdik. Odatda, bunday jarayonda shu hol kuzatiladi. Ya’ni, birinchi bo‘limda tarkibdagi bor va bir-birini tushunadigan yigitlar to‘p surishadi.

Ikkinchi tarkibda esa yangi - jamoada ko‘rikka taklif etilganlar o‘ynaydilar. Shu sabab bugungi bahsni hech ikkilanib o‘tirmasdan ikkita taymga ajratish mumkin”, - deya munosabat bildirdi, Sergey Abuezidovich.

Ma’lumki, uchrashuvda hisobni ochgan “Fakel” futbolchisi – bu 32 yoshli himoyachi Sergey Brizgalov bo‘ldi. Tabiiyki, rossiyaliklarning yagona goliga mualliflik qilgan o‘yinchi ham “Nasaf”ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘zining fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Afsuski, bu o‘yini boy berdik. Shu bilan birga aytishim kerak, yigitlarimizning hammasi borini berib to‘p surishdi. Ammo shunaqasi ham bo‘ladi, bu futbol va biz yutqazib qo‘ydik.

brizgalov

Yuklamalar ostida ekanligimiz o‘yin paytida sezildimi, ha, sezildi. Biroq bu ish jarayonida bo‘lib turadi. Shu sabab bunday maromda o‘ynashga tayyor turishimiz kerak. Albatta, bugungi raqibga ham qoyil qolsa arziydi. Ular bahsga bizdan ko‘ra yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rgan ekanlar. Ayniqsa, jismoniy tomondan. Qolaversa, tez orada ularda yangi mavsumga start beriladi.

Kiritgan golimga kelsak, darvozani ishg‘ol qilish doim yoqimli. Biz mashg‘ulotlar paytida standart vaziyatlar ustida ko‘p ishlaymiz. Nikita to‘pni havolatib yaxshi oshirdi va menga uni darvozaga shunchaki boshim bilan to‘g‘rilab qo‘yish qolgandi xolos. Qisqasi, kerakli paytda kerakli joyda edim”, - deydi Brizgalov.

Bulardan tashqari, “Fakel” klubi sardori hamda etakchisi hisoblangan 30 yoshli Sergey Bojin “Nasaf”ga qarshi uchrashuvdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

bojin

“O‘yin xaqida gapiradigan bo‘lsam, jismoniy jihatdan og‘ir o‘tdi. Biz hozir jiddiy yuklamalar davrida ketyapmiz, lekin yigitlar murabbiyning vazifalarini erkaklarcha qabul qilmoqda. Oldinda uzoq yo‘l bor, bahorgi mavsumga qattiq mehnat qilgan holda tayyorlanishda davom etamiz”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!