"Raqiblar ham uxlayotgani yo‘q, Babayan klubda faoliyat olib boryapti, Tursunovni biz bilan emasligi yaxshi emas" - "Lokomotiv"ning yangi murabbiyi

  • 08.11.2024 07:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol

Superliganing 24-turida "Lokomotiv" jamoasi safarda "Dinamo"ga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Og‘ir o‘yin bo‘ldi. Ikki tomon uchun ham. Ikkala jamoa ham g‘alabani istadi, biroq bizga omad kulib boqdi. Xohish ham bizda ko‘proq edi. So‘nggi daqiqalarda tavakkal qilib g‘alabani ilib ketdik. Biz oxirigacha kurashish va 3 ochko uchun kelgan edik.

- Jamoaning elitada qolish imkoniyati qanday?

- Imkoniyat har doim bor. Albatta, raqiblar ham uxlayotgani yo‘q. O‘zimizda vaziyatdan chiqish uchun kuch topishimiz kerak. Bunday katta va tarixga ega jamoa ligada qolishi uchun harakat qilamiz.

- Samvel Babayan bugun qaydnomaga klub rasmiyi sifatida kiritildi. U sizga yordam beradimi?

- Ha, u bu jamoa va murabbiylar shtabi rahbari. Strategiyani va o‘yinlar uchun taktikani belgilab beradi. Samvel Babayan klubda faoliyat olib bormoqda.

- Futbolchilarning bor kuchini maydonga tashlab chiqib ketgani haqida fikringiz?

- Albatta, ko‘p narsa o‘xshamadi. Ko‘prog‘ini istagan edik. Yakunda, ishtiyoq evaziga g‘alabani ilib ketdik. Bizga jismoniy tayyorgarlik pand bermoqda, ammo xarakter ko‘rsatdik.

- Sanjar Tursunovning qaydnomada yo‘qligi nima bilan bog‘liq?

- Bu klubni ichki ishi. Buni hal qilamiz. U jamoa sardori. Biz bilan emasligi yaxshi emas. U biz bilan bo‘lishi kerak.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Исмаилов Бахтияр
08/11/2024 11:06
Бабаяннинг терма жамодаги "фаолиятини" эсдан чикарманглар.... футболчиларни сотиш буйича