Rasman! 2023 yil Toshkentda bo‘ladigan boks bo‘yicha jahon chempionatida barcha vaznlarda Olimpiada yo‘llanmalari ham beriladi. Bu qanday bo‘ladi?

  • 12 aprel, 2022, 12:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi va Xalqaro boks asotsiatsiyasi 2024 yil Parij mezbonlik qiladigan navbatdagi Olimpiada o‘yinlari boks musobaqasi uchun saralash tizimini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Erkaklar 7 vaznda, ayollar 6 vaznda har biri uchun 124 nafar, jami 248 nafar bokschilarga yo‘llanma beriladi. Saralash bosqichi 2023 yil 1 yanvardan 2024 yil 31 maygacha 4 bosqichda tashkil etiladi.

Tecno

Birinchi bosqich

Erkaklarda 13 vaznda 26 ta, ayollarda 10 vaznda 20 ta yo‘llanma 2023 yilda tashkil etiladigan boks bo‘yicha jahon chempionati har bir vazn finalchilariga beriladi. Ma’lumot o‘rnida, erkaklar o‘rtasida jahon chempionati Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Endi 48 kg va 51 kgda yo‘llanma berilgan bokschi Olimpiada vazni 51 kgda, 54 kg va 57 kgda yo‘llanma olgan bokschi Olimpiada 57 kg vaznda ishtirok etishga ruxsat beriladi. Ushbu moslashuvni quyidagi jadvalda ko‘rishingiz mumkin.

photo_2022-04-12_12-37-14

photo_2022-04-12_12-37-25


Agar ikki vazn toifasida bir davlatdan ikki bokschi yo‘llanma olgan holda, o‘sha davlat Milliy Olimpiya Qo‘mitasi qaysi biri ishtirok etishini tanlashi kerak bo‘ladi.

Ikkinchi bosqich

Erkaklar uchun 42 ta, ayollar uchun 56 ta yo‘llanma 2023 yil 31 dekabr holatiga ko‘ra Olimpiada reytingiga asosan taqsimlanadi. Bunda oldin yo‘llanmaga ega bo‘lgan bokschilar reytingga kiritilmaydi.

Uchinchi bosqich

Erkaklar uchun 42 ta, ayollar uchun 56 ta yo‘llanma 2024 yil 31 mart holatiga ko‘ra Olimpiada reytingiga asosan taqsimlanadi. Bunda Afrika, Amerika, Osiyo, Evropa va Okeaniya mintaqasi bo‘yicha inobatga olinadi. Shuningdek, mezbon davlat Frantsiya uchun 7 ta yo‘llanma ajratiladi.

To‘rtinchi bosqich

Erkaklar uchun 14 ta, ayollar uchun 12 ta yo‘llanma 2024 may oyida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya vaznlarida jahon saralash musobaqasida taqsimlanadi. Bunda bir vaznda allaqachon yo‘llanma olgan davlatlar o‘sha vaznda musobaqada ishtirok etmaydi. Agar turli sabablarga ko‘ra musobaqada tashkil etilmasa, yo‘llanmalar Olimpiada reytingiga asosan taqsimlanadi. Shuningdek, dunyoning barcha chekka mintaqalaridan bokschilarni qamrab olish maqsadida, 9 ta yo‘llanma (4 ta ayollar, 5 ta erkaklar uchun) alohida taqsimlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!