Rasman! "Al-Nassr" O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘ynagan futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" jamoasi rasman o‘z safiga urugvaylik futbolchi Jonatan Rodrigesni qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Jonatan bugun riyodliklar safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va mashg‘ulotlarga qo‘shiladi.

Eslatib o‘tamiz, Rodriges faoliyati davomida "Penyarol", "Benfika", "Deportivo" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. 28 yoshli Jonatan qanotlarda va markaziy hujumda o‘ynay oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!