Rasman: "Andijon" bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi
“Andijon” klubi bosh murabbiyi Baxtiyor Hamidullaev egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Coca-Cola Superliganing 22-turida “Surxon”dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin Hamidullaevni klub rahbariyati iste’foga chiqarishga qaror qildi.
- Baxtiyor Hamidullaev boshchiligida “Andijon” 9 ta uchrashuv o‘tkazib, to‘rtta durang, to‘rtta mag‘lubiyat va bitta g‘alaba qayd etdi.
Uning keyingi faoliyatida omad tilaymiz, - deyiladi klub matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, “Andijon” 13 ochko bilan turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda. Ushbu mavsum davomida “Andijon” jamoasiga Aleksandr Xomyakov va Viktor Kumikov bosh murabbiylik qilishga ulgurgandi.
Endi esa, chempionat nihoyasiga etmasdan uchinchi iste’fo yuz berdi. Qiziq, qolgan to‘rtta uchrashuvda jamoaga kim bosh murabbiylik qilarkin?

Fikrlar