Rasman! "Andijon" "Paxtakor" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 7 mart, 2019, 23:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Klub matbuot xizmat tarqatgan xabarga ko‘ra, transfer oynasi yopilishiga oz  vaqt qolganida klub navbatdagi transferni amalga oshirdi.

Tecno

Bungacha mamlakatimizning AGMK, "Nasaf", "Lokomotiv" va "Paxtakor" kabi klublarida o‘ynagan, O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod yarim himoyachi Dilshod Rahmatullaev "Andijon" jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Endilikda tajribali futbolchi «burgutlar» sharafini himoya qiladigan bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli futbolchi o‘tgan yili "Paxtakor" bilan ikki yillik shartnoma imzolagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!