
Rasman! APLda navbatdagi iste’fo. Murabbiy klubga yaqinda kelgandi
Angliya Premer-ligasida navbatdagi iste’fo ro‘y berdi.
"Uotford" jamoasi bosh murabbiyi Kladio Raneri egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Premer-liga rasmiy sahifasi xabar bermoqda.
APL 23-turi doirasidagi "Norvich"dan uchralgan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyat italiyalik mutaxassis iste’foga chiqishining asosiy sababi bo‘ldi. 70 yoshli murabbiy 4 oktyabr kuni jamoa boshqaruviga kelgan edi.
Bu vaqt oralig‘ida uning shogirdlari 14 uchrashuvda maydonga tushib, 11 bor mag‘lubiyat alamini tatib ko‘rishga majbur bo‘ldi. Shuningdek, 2 g‘alaba va 1 durang qayd etilgan.
Fikrlar