Rasman: Arman Tsarukyaning revansh jangi tasdiqlandi

  • 07.03.2026 14:51
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

"Real American Freestyle" (RAF) Arman Tsarukyan va amerikalik Jiorzhio Pullas oʻrtasidagi revanshni rasm an eʼlon qildi. Erkin kurash boʻyicha bahs 28 mart kuni "RAF 07" turnirida boʻlib oʻtadi.

Eslatib oʻtamiz, jangchilarning birinchi uchrashuvi "RAF 06" turnirida oʻtkazildi va Tsarukyan 5:3 hisobida gʻalaba qozondi.

Jangdan tugagach, darhol Tsarukyan raqibini yiqitib, unga bir nechta zarbalar berdi. Boisi bahs davomida Pullas Armanning yuziga bir necha bor qoʻpol teginishlar qilgan edi. Shundan keyin vaziyat ommaviy mushtlashuvga aylanib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!