Rasman! "Barselona" futbolchisini "Xetafe"ga sotdi
"Barselona" klubi o‘zining rasmiy saytida himoyachi Mark Kukurelyani "Xetafe"ga sotib yuborganini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 21 yoshli futbolchining transferi 10 million evroni tashkil qilgan. Bundan tashqari, “ko‘k-anor ranglilar” Markning keyingi transferidan tushadigan mablag‘ning 10 foiziga ham egalik qiladi.
Kukurelya asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsumni “Xetafe” safida ijarada o‘tkazmoqda. U 39 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar