Rasman! "Barselona" uzoq kutilgan transferni amalga oshirdi (foto)

  • 19 iyun, 2021, 21:58
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" o‘z tarkibiga yana bir futbolchini qo‘shib oldi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida ma’lum qildi.

So‘nggi mavsumlarni "Lion" safida o‘tkazgan niderlandiyalik Memfis Depay erkin agent maqomida Kataloniyaga ko‘chib o‘tdi. Hozircha, shartnoma qancha muddatga tuzilgani ma’lum emas.

Avvalroq, klub Serxio Aguero, Erik Garsiya, Emerson kabi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olgandi. Bu transfer ustida esa, o‘tgan yildan beri ishlanayotgan edi.

27 yoshli hujumchi joriy mavsum "Lion" safida 40 o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobida 22 gol va 12 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

photo_2021-06-19_21-50-00

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!