Rasman. "Barselona"ning sobiq futbolchisi futbolchilik faoliyatini yakunladi
31 yoshli frantsuz himoyachisi Samyuel Umtiti rasman professional futbolchilik faoliyatiga nuqta qo‘ydi.
"Faoliyatimda ko‘tarilishlar va qiyinchiliklar bo‘ldi. Endi xayrlashish vaqti keldi. Hech narsadan afsuslanmayman. Barcha klublar, prezidentlar, murabbiylar va jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman. "Lion", "Barselona", "Lill", "Lechche" va Frantsiya terma jamoasiga katta rahmat. Shuningdek, muxlislar qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorman", – deb yozdi frantsiyalik markaziy himoyachi..
Umtiti "Barselona" bilan ikki marta La Liga va Superkubok, uch marta Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi. "Lion" safida esa Frantsiya kubogi va Superkubogini yutdi.
Shu bilan birga, Frantsiya terma jamoasi tarkibida Umtiti 2018 yilda Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar