
Rasman! "Bavariya" yangi bosh murabbiy kim bo‘lishini e’lon qildi
"RB Leyptsig" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali bosh murabbiy Yulian Nagelsmann mavsum yakunlangach, "Bavariya"ga o‘tishini e’lon qildi.
33 yoshli germaniyalik mutaxassis myunxenliklar bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. "Bavariya" rahbariyati amaldagi bosh murabbiy Xans-Diter Flik bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishgan.
Flik katta ehtimol bilan “Evro-2020”dan so‘ng, Germaniya terma jamoasini tark etishini e’lon qilgan Yoaxim Lyovning o‘rnini egallaydi.
Bundan avvalroq, “Bavariya” Nagelsmann uchun “RB Leyptsig”ga 20 mln evro tovon puli to‘lashi haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Bavariya” ayni damda 31 turdan keyin Bundesliga musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Nagelsmann boshchiligidagi “RB Leyptsig” esa 2-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar