Rasman! "Chelsi" kutilgan transferni amalga oshirdi

Tiagu Silva "Chelsi" klubining navbatdagi transferiga aylandi.

35 yoshli futbolchi PSJ safini tark etib, erkin agent sifatida yangi jamoasi tarkibiga qo‘shildi. "Aristokratlar" braziliyalik futbolchi bilan 1 yillik kelishuvni amalga oshirdi. Shuningdek, shartnomani yana bir yilga uzaytirish bandi ham mavjud.

Bir necha kun oldin londonliklar Malang Sarrni o‘z safiga qo‘shib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!