Rasman: Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi o‘yinlari "Sport TV" va "Futbol TV"da

  • 22.01.2026 14:40
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

UEFA Chempionlar ligasi hamda Yevropa ligasi uchrashuvlarining translyatsiya huquqlarini "Sport TV" va "Futbol TV" telekanallari sotib oldi.

Bu haqida "Futbol TV" telekanali bosh rejissyori Xurshid Mirzaxmedov ma'lum qildi.

"Yevropa Chempionlar ligasi hamda Yevropa ligasi o'yinlari “Sport TV” va “Futbol TV” telekanallari orqali jonli efirda namoyish etiladi. Tomoshabinlar Yevropaning eng nufuzli klublari ishtirokidagi bahslarni yuqori sifatda hamda bir kunda bir nechta o'yinni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar", — deb yozdi Mirzaxmedov o'zining Telegram kanalida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!