Rasman! Dos Santos "Vilyarreal"ni "Los-Anjeles Gelaksi"ga almashtirdi
“Vilyarreal” klubi yarim himoyachisi Jonatan dos Santos faoliyatini MLSda davom ettiradigan bo‘ldi.
27 yoshli meksikalik futbolchining yangi jamoasi "Los-Anjeles Gelaksi" klubi bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra ushbu transfer summasi 4,2 mln evroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, dos Santos “sariq suv osti kemasi” safiga 2014 yil Kataloniyaning “Barselona” klubidan kelib qo‘shilgan edi.



Fikrlar