
Rasman! Dostonbek Hamdamov "Paxtakor" bilan shartnomasini uzaytirdi
Toshkentning "Paxtakor" jamoasi Dostonbek Hamdamov bilan shartnomani uzaytirdi.
"Pedru Moreyra o‘zi qurayotgan jamoada Dostonbek Hamdamovni bo‘lishini istadi. Bu istakka javoban vingerimizni klub bilan o‘tkazgan muzokarasi muvaffaqiyatli yakunlandi. 2015 yilda Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lgan Hamdamov yangi mavsumni "sherlar" safida boshlaydi.
"Aslida shartnoma imzolaganimga 10 kun bo‘ldi. Lekin buni bugun e’lon qilishlarini istagandim. Jamoamizning muxlislari uchun kichik sovg‘a. Bosh murabbiy meni o‘z jamoasida ko‘rishni istagani quvontirdi. Bunga javoban O‘zbekistonda qo‘lga kiritgan oltin medallarimni yana bittaga ko‘paytirish ustida mehnat qilaman. Biz bilan yangi yilda zerikmaysiz deb o‘ylayman", - deydi Dostonbek Hamdamov.
Futbolchi "Paxtakor" libosida 5 marotaba O‘zbekiston chempioni va 2 karra kubogi sohibi bo‘lgan. Yangi kubok va chempionlik sari olg‘a" , - deyiladi klub matbuoti xabarida.
Fikrlar