
Rasman! Erkin agent bo‘lib yurgan Fabio Kualyarella 40 yoshida faoliyatiga yakun yasadi
Italiyalik futbolchi Fabio Kualyarella futbolchilik faoliyatini yakunladi. U 40 yoshda bo‘lib, yozdan beri erkin agent maqomida bo‘lib turgandi.
Fabio o‘z vaqtida "Sampdoriya", "Torino", "Yuventus", "Napoli" va "Udineze" kabi klublarda to‘p tepgan. Faoliyatini tugatgani haqida sobiq futbolchi shunday dedi:
"To‘xtatishga majbur bo‘ldim. Men maydonga qayta olmaydigan darajada yomon jismoniy holatda edim!
Doim orzular bilan yashadim, futbolda ko‘p narsalarni qo‘lga kiritishni istardim. Ammo vaziyat shuni taqozo qildi", - dedi Kualyarella.
Fabio faoliyati davomida “Yuventus” bilan 6 ta sovrinni qo‘lga kiritgan: 3 marta Italiya chempioni bo‘lgan, ikki marta mamlakat superkubogi va bir marta kubokni qo‘lga kiritgan. 2018/19 yilgi mavsumda u 26 ta gol bilan “Sampdoriya” safida A Seriyaning eng yaxshi to‘purariga aylandi.
Umuman olganda, Kualyarella klub miqyosida 717 ta o‘yinda 238 ta gol urgan.
Fikrlar