
Rasman Evropada mavsum yakunlandi. Levandovski - eng yaxshi to‘purar, Messi esa kuchli beshlikka ham kira olmadi
Kecha bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi final bellashuvidan so‘ng, Evropada 2019/20 yilgi mavsum rasman yopildi.
Mavsum yakunlariga ko‘ra, "Bavariya" forvardi Robert Levandovski Evropaning "top-5" chempionatlarida eng yaxshi to‘purar bo‘ldi. Uning hisobida 55 ta gol bor.
Kuchli uchlikdan esa, Chiro Immobile ("Latsio" 39) va Krishtianu Ronaldu ("Yuventus" 37) joy oldi. Romelu Lukaku ("Inter") va Timo Verner ("RB Leyptsig"/”Chelsi”) 34 gol bilan 4- va 5-o‘rinlarni egalladi.
“Oltin to‘p”ning amaldagi sohibi hisoblangan Lionel Messi esa 31 ta gol urdi va kuchli beshlikka ham kira olmadi.
Fikrlar