Rasman! "Inter" etakchi futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 23 mart, 2022, 21:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" klubi jamoa futbolchisi Marselo Brozovich bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. 

Tecno

Yangi kelishuvga ko‘ra, xorvatiyalik yarim himoyachi klubda yiliga 6 million evro atrofida maosh oladi. Shuningdek, uning yangilangan shartnomasi 2026 yil 30 iyunga qadar amal qiladi. 

Avvalroq futbolchiga "Barselona", PSJ, MYu va "Tottenxem" kabi klublar qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar chiqqandi. Biroq klub xorvatning sotilmasligini ma’lum qilgandi.

Statistikaga ko‘ra, Marselo Brozovich ushbu mavsum A Seriyaning 26 o‘yinida bitta golli uzatma muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!