Rasman! "Inter" hujumchisini Braziliya klubiga sotib yubordi

  • 28 yanvar, 2020, 19:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning “Inter” klubi forvardi Gabriel Barboza “Flamengo” bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda “neradzurrilar” rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 23 yoshli futbolchi Rio-de-Janeyro klubi bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolagan. Ushbu transfer Braziliya grandiga 18 mln evroga tushgani aytilmoqda. E’tiborlisi, kelishuvga ko‘ra Barbarozaning keyingi transferidan keladigan mablag‘ning 20 foizi “Inter” hisobiga o‘tkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Gabriel Barboza o‘tgan mavsumni “Flamengo” safida ijarada o‘tkazgan edi. U o‘tgan mavsum jami 43 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!