Rasman: Islom Qobilov "So‘g‘diyona" futbolchisi!
«So‘g‘diyona» qishki transferlar oynasida o‘zining tarkibi kuchaytirishni boshlab yubordi.
O‘tgan mavsum «Lokomotiv» jamoasi sharafini himoya qilgan tajribali himoyachi "So‘g‘diyona" bilan shartnoma imzoladi.
Ma’lumot o‘rnida Islom Qobilov 1997 yil 1 iyunda Farg‘ona shahrida tavallud topgan. Islom Qobilov o‘tgan mavsumda «Lokomotiv» tarkibida 4 ta uchrashuvda maydonga tushgan hamda 360 daqiqa maydonda harakat qildi.
Futbolchi faoliyati davomida «Metallurg», «Bunyodkor» jamoalarida to‘p tepgan. Uning so‘nggi jamoasi «Lokomotiv» hisoblanadi.
"So‘g‘diyona" matbuot xizmati.
Fikrlar