Rasman! Jerrard jamoasi Frantsiya terma jamoasi a’zosi bilan shartnoma imzoladi
Birmingemning "Aston Villa" klubi o‘zining rasmiy saytida "Marsel" yarim himoyachisi Bubakar Kamara bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
Frantsiyalik futbolchi erkin agentga aylandi va shu sababli u ingliz klubiga tekinga ko‘chib o‘tdi. Aytish kerakki, Kamara “Aston Villa” bilan 2027 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi o‘tgan haftada ilk bor Frantsiya terma jamoasiga chaqirilgandi.
22 yoshli Kamara 2016 yildan beri "Marsel"da to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida ushbu jamoa safida jami 170 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar