Rasman! Kimmix 2023 yilga qadar "Bavariya"da o‘ynaydi

  • 9 mart, 2018, 15:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Yozua Kimmix jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi.

Tecno

Klub rasmiy saytining xabar berishicha 23 yoshli germaniyalik futbolchi nemis grandi bilan 2023 yilning yoziga qadar bo‘lgan shartnomani imzolagan.

Eslatib o‘tamiz, Kimmix “Bavariya” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum Bundesligada jami 21ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!