
Rasman! "Leyptsig" Xavi Simonsni sotib oldi
"Leyptsig"da ijara asosida o‘ynayotgan Xavi Simonsning transfer huquqini to‘liq Germaniya klubi tomonidan sotib oldi. Klub buni rasmnan e’lon qildi.
Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, ushbu xarid uchun "buqalar" 50+30 million evro to‘laydi. Hujumkor yarim himoyachi bilan esa 2027 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolanadi.
2019 yilda "Barselona"dan PSJ akademiyasiga yo‘l olgan niderlandiyalik futbolchi 2022 yilda jamoani erkin agent sifatida tark etdi. Oradan bir yil o‘tib, PSV'dan parijliklar safiga qaytdi va Bundesliga klubiga ijaraga berildi. Bugun esa jamoa uning transferidan 80 million evrodan ko‘proq daromad olmoqda.
Fikrlar