Rasman! "Liverpul" navbatdagi transferni amalga oshirdi (FOTO)

"Vulverxempton" hujumchisi Diogo Jota faoliyatini "Liverpul"da davom ettiradi. Bu haqda, "mersisaydliklar" matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq, futbolchi yangi jamoasi bilan 2025 yilning yoziga qadar bitim imzolashi ma’lum qilingandi. Transferning bahosi 43 mln funtga baholanmoqda.

Jota 17 sentyabr kuni Angliya kubogi doirasida "Stok Siti"ga (0:1) qarshi bahs oldidan, "Vulverxempton" klubini tark etgan.

photo_2020-09-19_21-08-06

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!