Rasman! "Manchester Siti" Donnarumma transferini e’lon qildi
Rasman Janluiji Donnarumma "Manchester Siti" futbolchisiga aylandi. Klub rasmiy sahifasi orqali ushbu transferni e’lon qildi.
Mazkur xarid uchun "shaharliklar" 30 million evro sarflashdi. Shuningdek, darvozabon bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Bitimni yana bir yilga uzaytirish imkoni bor.
Donnarumma 2021 yili erkin agent sifatida "Milan"dan PSJga ko‘chib o‘tgandi. Oradan 4 yil o‘tib, u Frantsiyani tark etib, faoliyatini Angliyada davom ettirishga qaror qildi.

26 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni ajoyib o‘tkazib, PSJ bilan Chempionlar ligasini qo‘lga kiritdi, lekin Luis Enrike uni birinchi raqamli darvozabon bo‘lmasligini aytdi va "Manchester Siti" Ederson bilan xayrlashib, Janlujini o‘z safiga qo‘shib oldi.



Fikrlar