Rasman! "Milan" Leauni tekinga qo‘yib yubormaslik uchun u bilan shartnomani uzaytirdi

  • 2 iyun, 2023, 19:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi jamoa hujumchisi Rafael Leau bilan shartnoma muddatini uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti orqali xabar berildi.

Tecno

Yangi kelishuvga ko‘ra, futbolchi 2028 yil 30 iyunga qadar "rossonerilar" sharafini himoya qilishi mumkin. Leauni tekinga qo‘yib yubormaslik uchun rahbariyat tovon pul miqdorini 175 million evroga ko‘tardi.  

Ma’lumot o‘rnida, Rafael "Milan"ga 2019 yil yozida "Lill"dan kelib qo‘shilgandi. Shu muddatga qadar u 162 bellashuvda 41 gol va 29 assist muallifiga aylangan. 

leau

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!