Rasman! "Nasaf" sobiq futbolchisini ortga qaytardi (foto)

  • 12 yanvar, 2023, 14:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shuhrat Muhammadiev "Nasaf" bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.

Shuhrat Muhammadiev 2013-2016 yillar “ajdarlar” bilan to‘rt marotaba chempionatning bronza medallarini, bir marta O‘zbekiston kubogi va bir marta O‘zbekiston superkubogini qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng Muhammadiev faoliyatini Toshkentning “Lokomotiv” va Navoiyning “Qizilqum” jamoalarida davom ettirib, yana “Nasaf”ga qaytdi.

"O‘z uyingga xush kelibsan, Shuhrat!", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.

Biroz avval bu transfer haqida saytimiz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘z "telegram" kanali orqali ma’lum qilgandi. 

muhammadiev

 

Manba: “Nasaf” futbol klubi matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!