
Rasman! Onana "Trabzonspor" klubiga o‘tdi
"Manchester Yunayted" darvozaboni Andre Onana Turkiya klubiga ko‘chib o‘tdi. Uni "Trabzonspor" klubi bir mavsumga ijaraga olganini e’lon qildi.
Onanani "qizil iblislar" 2023 yilda "Inter"dan 50 million evroga sotib olgandi. Ammo uning keyingi faoliyati omadsiz kechdi va oradan ikki yil o‘tib, Turkiyaga yo‘l olmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, darvozabonning maoshi "Trabzonspor" tomonidan to‘lab beriladi.
Fikrlar