
Rasman! O‘zbekiston milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper o‘rtadasidagi shartnoma o‘zaro kelishuvga asosan bekor qilindi.
Milliy terma jamoamizda bundan buyon Vadim Abramov bosh murabbiy sifatida faoliyat olib boradi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
12 sentyabr kuni >>> SPORTS.uz: Ektor Kuper lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga kim tayinlanishi ham ma’lum
Manbaning ma’lum qilishicha, O‘FA murabbiylar kengashi yurtimizdagi taniqli mutaxassislardan biri sanaladigan Vadim Karlenovich nomzodini ma’qulladi. Bilasiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ushbu mutaxassis boshchiligida Qatar yashil maydonlarida o‘tgan Osiyo kubogi-2011da qit’a birinchiliklaridagi o‘zining eng yaxshi natijasini qayd etgan. Shuningdek, milliy terma jamoamizning o‘sha yorqin o‘yinlari muxlislarimizning hali ham yodida.
Vadim Abramovga murabbiylar shtabida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida uzoq yillar muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatgan va endilikda murabbiylik sohasida ham qisqa vaqt ichida tez o‘sishga erishib, muxlislar ishonchini qozonishga ulgurgan Timur Kapadze yordam beradi. Shuningdek, o‘zbek futboli muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan avstraliyalik tajribali mutaxassis Mirko Yelichich futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bilan shug‘ullanadi. Darvozabonlar bilan esa Denis Ivankov ishlashda davom etadi.
Umid qilamizki, yangi murabbiylar shtabi milliy terma jamoamizni katta muvaffaqiyatlarga etaklaydi.
Fikrlar
Асосийси хам энг кувочлиси хам Арвеладзени номзодидан кутилиб колганимиз булди.
Abramov buladimi, kuper buladimi xattoki Maurinyoni olib kelib quymaysizmi- MTJ tarkibi tanish bilishchilik ,aka uka chilik buldimi be foyda trenerni dodasidan quyish.
Demoqchimanki qachonki MTJ ni 90% ga yosh futbolchilardan tarbiyalab yoshlarga maksimal 2.3 yil sir asrorlarni singdirib borilsa keyin MTJ rezulatat kursatishni boshlaydi.
Xozirgi tarkib sizlarga jismoniy tarafdan kuchli kurinishi mumkin lekin futbolchida MIYA,ONG bumasa texnikasi xam taktikasi xam bir tin.
Shunday xozirgi xolatda Abramov yomon varyant emas ,
Chiqsa chiqaradi JCH ga chiqara olmasa birdan xaydab yubormasdan kamida 2 yil imkon berib MTJ tarkibi uzing xoxlagan futbolchi bn tuldir va Osiyo kubogida kuchli 3 lik kir-sanga mana 2 yil vaqt bor.Kuchli 3 likkaga kiroomasang javobini berasan Janob Abramov deb buyniga quyish va xamma sharoitni yaratib berish kerak.
Yana bir gap: Futbolchilarni shart emas Antaliyaga borib yoki Malaysiya,Turkiyaga borib mashgulot utkazishi.
Mashgulot utkazish un Zomin,Beldirsoy larga borib xam mashgulot ni utashi mumkin.
Tejalgan pulga kam taminlangan oilalarga va xayriya ishlariga sarflab xalqni duosini olsin...
Ana shundagina biz 2026 yil 100% JAXON CHEMPIONATIGA chiqishimiz mumkin.
PS: Man bu fikirlarni podkayf- qalbdan yozdim uylaymanki journalist larimiz mavzu topolmagan vaqtda bu kaminani fikirlaridan foydalanishmaydi ?
UFA ni endi shu safar tugri qaror chiqaribdi.
Сиз уша УЗБ-БАА учрашувини курганмисиз, хакикатдан хам учрашув жуда хам сирли хисобда якун топган ва ханузгача сирлилигича колмокда.
Бу "сир"ли учрашувга менда хам хеч кандай исбот далилим йук, лекин шунчаки шубхам бор.