Rasman! Portugaliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi BAA terma jamoasi ustoziga aylandi (FOTO)

  • 10.07.2023 11:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Portugaliyalik mutaxassis Paulu Bentu Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, 54 yoshli murabbiy BAA futbol federatsiyasi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan.

Eslatib o‘tamiz, Bentuning oxirgi ish joyi Janubiy Koreya terma jamoasi bo‘lgan (2018-2022).

Avvalroq u “Olimpiakos”, “Kruzeyro”, “Sporting” klublari hamda Portugaliya terma jamoasini ham boshqargan.

04981196a4fb3bde2b8af843e8835.png

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!