Rasman! "Qo‘qon-1912" yosh va iqtidorli yarim himoyachi bilan uch yillik shartnoma imzoladi (foto)

Asadbek Zokirjonov "Qo‘qon-1912" jamoasining to‘laqonli a’zosiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

O‘tgan mavsumning ikkinchi davrasida "Qo‘qon-1912"da ijarada harakat qilgan Asadbek Zokirjonov jamoaning to‘laqonli a’zosiga aylandi. Qo‘qonliklar yosh va iqtidorli yarim himoyachi bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

Asadbek Zokirjonov
Tug‘ilgan sanasi: 13.02.2001
Ampulasi: Yarim himoyachi

O‘tgan mavsumda Asadbek Pro liga bahslarida 17 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida bitta golli uzatma bor.

asad

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!