Rasman! "Real" braziliyalik futbolchisi bilan yangi shartnoma imzoladi

  • 23.01.2024 20:09
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Eder Militao "Real" bilan yangi mehnat shartnomasi imzoladi. Bu haqda "qaymoqranglilar" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi shartnoma 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Militao Madridda beshinchi mavsumini o‘tkazmoqda. U 2019 yilning yozida Portugaliyaning "Portu" klubidan Madrid grandiga o‘tgan edi.

U poytaxti klubida 140 dan ortiq o‘yin o‘tkazishga ulgurdi. Ammo Militao bu mavsumda hali maydonga tushmadi. Gap shundaki, 26 yoshli himoyachi tizzasining xochsimon paylarini jarohatlab olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!