Rasman! Rossiya klubi o‘zbekistonlik futbolchi transferini e’lon qildi (foto)

  • 18.11.2022 21:51
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi va "Bunyodkor" klubi yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliev faoliyatini xorijda davom ettiradi.

Rossiyaning "Rubin" klubi uning transferini e’lon qildi. "Rahmonaliev "Rubin" safiga kelib qo‘shildi. U avgustda jamoamiz bilan 3,5 yillik shartnomaga imzo chekkandi. Uning "Bunyodkor" bilan amaldagi kelishuvi 31 dekabrda nihoyasiga etadi. Qozonga xush kelibsan, Umar!", deyiladi jamoa xabarida.

Ma’lumot uchun, 19 yoshli yarim himoyachi "qaldirg‘ochlar" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

IMG_20221118_220736

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!