Rasman! Shohjahon Ergashev IBF chempionlik jangiga buyurildi!
Professional boksning super engil vazn toifasida (63,5 kg) IBF chempioni Sabriel Matias va hamyurtimiz Shohjahon Ergashev jangiga buyruq berildi.
Tashkilot tomonidan jang 25 avgustga qadar tashkil etilishi kerak ekani ma’lum qilindi. Har ikkala bokschining vakillari muzokaralar jarayonida ekani xabar qilingan.
Sabriel Matias avvalroq sobiq jahon chempioni Sergey Lipinets bilan jang qilishi reja qilingan edi. Agar Matiasning promouterlari ushbu bahs kelishuvini tashkilotga taqdim eta olsa, himoya jangi biroz cho‘zilishi mumkin. Ask holda IBF Matias va Shohjahon Ergashev jangini o‘tkazish huquqiga ega bo‘lish uchun promouterlik savdosini e’lon qiladi.
Fikrlar