Rasman! Shou "Manchester Yunayted" bilan yangi shartnoma imzoladi (Foto)

  • 04.04.2023 14:34
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" himoyachisi Lyuk Shou jamoada qoladigan bo‘ldi. Angliyalik futbolchi "qizil iblislar" bilan 2027 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzoladi. Lyuk joriy mavsumda barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va sheriklariga 6 ta samarali uzatma amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Shou 2014 yildan beri mankunianliklar safida harakat qilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!