Rasman! Tadich "Ayaks"ni tark etdi
Rasman "Ayaks" sardori Dushan Tadich klubni tark etadi. Futbolchi va niderlandiyaliklar amaldagi shartnomani bekor qilish bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda klub rasmiy sahifasi orqali xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Tadichning o‘zi jamoadan ketishga qaror qilgan. Bitimga ko‘ra, u 2024 yilning yoziga qadar "Ayaks"da o‘ynashi kerak edi. Hozirchalik Serbiyalik futbolchining keyingi manzili noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, Dushan "Ayaks"ga 2018 yili "Sautgempton"dan kelib qo‘shilgan. U 241 ta o‘yinda maydonga tushib, 105 ta gol urdi va 112 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar