
Rasman! Tayson Fyuri The Ring kamarini vakant qo‘ydi. Ushbu kamar Joshua va Usik jangiga qo‘yildi (foto)
Professional bokschimiz og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri o‘ziga tegishli bo‘lgan The Ring kamarini vakant qoldirdi. U Derek Chisoraga qarshi ringga qaytmoqchi ekanini bildirgan edi. Ammo muzokaralar ijobiy natija bermagach, u boshqa ringga qaytmasligini yana bir bor e’lon qildi.
Endilikda, vakant kamar 20 avgust kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Entoni Joshua va Aleksandr Usik o‘rtasidagi revansh jangiga qo‘yildi.
WBC tashkiloti esa Fyuriga 26 avgustgacha muddat berib, yakuniy qarorni aytishini so‘radi. Agarda u ringga qaytmasligini tashkilotga ma’lum qilsa, uning chempionlik kamari ham vakant qilinadi.
Fikrlar